O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportlari joriy etiladi. Bu Prezidentning 11-iyulda qabul qilingan ichki ishlar organlarining migratsion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish haqidagi qarorida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hujjatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personalizatsiya markazi, ichki ishlar, tashqi ishlar, moliya, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” birlashmasiga bir oy muddatda ushbu masalada taklif kiritish topshirilgan.
Takliflar xorijga chiqish pasportlarini joriy etishning konkret bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini aks ettirishi lozim.
Izoh (0)