Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqi urib tushirilgan Malayziyaning MH17 aviareysi qurbonlari oldidagi gunohini yuvishi kerak. Bu haqda amerikalik advokat, ushbu aviahalokat qurbonlarining oila vakillarining manfaatlarini himoya qiluvchi Jerom Skinner bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Advokatning ochiq xati Avstraliyaning Sydney Morning Herald gazetasida e’lon qilindi.
“Mening mijozlarim uch yildan beri kutadi, janob Putin. Hozirgacha hech kim javob bermadi. Axir siz fojiali yo‘qotish tushuntirishga muhtojligini his etmayapsizmi? Siz vaziyatni tuzata oladigan yagona odamsiz”, — deb yozadi Skinner.
U inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va har qanday boshqa instansiyalarga murojaat qilib, Kremlni javobgarlikka tortishini ta’kidladi.
“Men bilan uchrashing va fojia qurbonlari oldidagi aybingizni yuving”, — xulosa qildi Skinner.