Ispaniyada an’anaviy buqalar poygasi davom etmoqda. Sakkiz yuz yildan beri har yili 6-iyundan 14-iyunga qadar Pamplonada Navarra homiysi muqaddas Fermin kuni arafasida karnaval bo‘lib o‘tadi. O‘rta asrlardan qolgan shiddatli ko‘ngilxushlik hayot qiyinchiliklaridan charchagan oddiy insonlarga barcha narsani unutish va yaxshigana dam olish imkonini beradi. Bunda yoshlar o‘z jasoratini namoyish qiladi, biroq hammaga ham doim hayvonlar bilan tezlik raqobatida omad kelavermaydi. Mahalliy OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, festival boshlanganidan beri kamida 77 kishi, jumladan 12 nafar sayyoh jarohat olgan. “Gazeta.ru” ushbu an’anaga bog‘liq yorqin suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Fotogalereya: Ispaniya ko‘chalaridagi darg‘azab buqalar
×
Izoh (0)