Yevropa Ittifoqi sudi Belgiyada kuchga kirgan, musulmon ayollarga jamoat joylarida niqob bilan yurishni taqiqlaydigan tartibni asosli deb topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sudyalarning fikriga ko‘ra, ushbu cheklov Belgiya jamiyatining butunligini ta’minlamoqda.
Yevropa sudiga shikoyat arizasini ikki musulmon ayol kiritgan edi. Ulardan biri Belgiya fuqaroligiga ega, boshqasi Marokashdan kelgan. Ularning fikricha, Belgiya qonunchiligi ularning huquq va erkinliklarini buzadi va shu bois diskriminatsion hisoblanadi.
Belgiyada jamoat joylarida niqob bilan yurish 2011-yili taqiqlangan edi. Belgiyadan tashqari, bunday taqiq Fransiya va Avstriyada amal qiladi.
Izoh (0)