Isroil mudofaa armiyasi harbiylar tomonidan uskunalar, aslaha-anjomlar va oziq-ovqatlarni tashishda foydalaniladigan lamalarni robotlar bilan almashtiradi.
Meduza’ning yozishicha, harbiylar lamalardan ularning sekin harakati qilishi sabab voz kechmoqda — jonivorlar askarlarning tezkor harakat qilishiga xalal bermoqda.
Masofadan turib boshqariladigan robotlar esa 500 kilogrammgacha bo‘lgan yukni tashiy oladi, tezligi soatiga 10 kilometrga yetadi va bir marta to‘liq quvvatlantirilganidan so‘ng, 8 soat ishlaydi.
Lamalarning o‘rnini egallaydigan robotlar sentabrdan armiyaga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
Isroil armiyasi 2000-yillar boshidan beri aslaha-anjomlarni tashishda lamalardan foydalanib kelayotgan edi. Lamalar baland tovushlardan qo‘rqmaydi, yangi sharoitga tezda moslashadi va tog‘li hududlarda yengil harakatlanadi.
Lamalarga qadar esa Isroil armiyasi tuyalar, eshaklar va xachirlardan foydalangan.