Germaniyada Qadimgi Yunonistonning Parfenon ibodatxonasi nusxasi yaratildi. U taqiqlangan kitoblarda yasalgani diqqatga sazovor, deb xabar beradi TJournal.

Foto: TJournal

Argentinalik rassom Marta Minuxin Kassel shahrida yordamchilari bilan birga Parfenon nusxasini yaratdi. Obida dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan 100 ming nusxa kitobdan barpo etildi.

Ibodatxona Documenta 14 xalqaro zamonaviy san’at ko‘rgazmasi doirasida qurildi. Muallifning so‘zlariga qaraganda, u siyosiy tazyiqqa qarshilik ko‘rsatish ramzi o‘laroq qad ko‘tarib turibdi.

Installyatsiya uchun maxsus yuborilgan kitoblar po‘lat konstruksiyaga mustahkamlanib, plastikka o‘raldi. Jami 170 nomdagi turli kitoblar ishlatildi, ular orasida Servantesning “Don Kixot”, Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” va Pasternakning “Doktor Jivago” asarlari bor.

Installyatsiyada eng mashhur taqiqlangan kitoblardan biri — Gitlerning “Mayn Kampf” kitobi ishlatilmadi. Minuxin natsistlarning senzura siyosatiga qarshiligini ifodalash uchun installyatsiyani ular 1933-yili 2 mingga yaqin kitobni yoqib yuborgan yerga o‘rnatdi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal