Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qipchoq ko‘chasi temir yo‘l bilan kesishgan joyda uzunligi 1011 metr, eni 28 metr bo‘lgan ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Qipchoq ko‘chasi kengaytirilmoqda. Natijada ushbu ko‘cha Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Toshkent xalqa yo‘lini bog‘lab, transportlar harakati uchun yangi qulayliklar yaratadi.
Davlat rahbariga shu yerda obodonlashtirish ishlariga ixtisoslashgan yangi mashinalar namoyish etildi.
Izoh (0)