Toshkentning “Obod” futbol klubi faoliyatini tugatgan, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Biroq jamoa bu borada PFLga rasmiy maktub yo‘llamagan.
“Obod”ning keyingi taqdiri PFL jim turgani uchun ham noma’lumligicha qolmoqda. Avvalroq Toshkent jamoasi o‘ziga tegishli bo‘lgan futbolchilarga javob berib, ularni erkin agentga aylantirgani aytilgandi.
Nashrning qayd etishicha, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan hujumchi Pavel Solomin “Obod” uchun xorijdan homiylar topgani katta ehtimol. “Obod” tasarrufida bo‘lgan korxona faoliyatini tugatgan bo‘lsa-da, yangi homiy uning Oliy ligadagi tayyor o‘rniga ega chiqishi mumkin.
Bugda gap aynan qaysi homiylar haqida ketayotgani aytilmagan. Avvalroq futbol agenti San’at Sharipov Pavel Solominning ham shu sohada mehnat qilayotgani haqida aytib o‘tgandi.
Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ham “Obod” rahbariyati bilan uchrashib, klubni qo‘lga kiritish istagida borligini aytgani haqida xabarlar chiqqandi.
Izoh (0)