Shu yilning 26-yanvariga o‘tar kechasi Chechenistonda 27 kishi o‘ldirilgan. “Novaya gazeta” nashriga ko‘ra, bu odamlar turli vaqtlarda turli sabablarga ko‘ra ushlangan. Respublikada qisqa vaqt ichida 56 kishi otib tashlangan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “RBK”.
Chechenistonda ko‘rsatilgan vaqtda ommaviy sudsiz qatl uyushtirilgan.
Aytilishicha, otib tashlanganlarning aksariyati 2016-yil dekabrida respublikada olib borilgan ommaviy tergov harakatlari davomida ushlangan. Operatsiya yanvarda ham davom etgan.
Jurnalistlar o‘tkazgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushlanganlar rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, ularga rasman ayblovlar ilgari surilmagan. Mahbuslar yerto‘lalarda ushlab turilgan.
Jami operatsiyalar davomida politsiya 200 ga yaqin odamni ushlagan.
Izoh (0)