“Barselona” hujumchisi Lionel Messi qamoqda o‘tirmaydi, balki jarima to‘lash evaziga 21 oylik muddatdan qutulib qoladi. Bu haqda “Chempionat” Ispaniyaning Marca nashriga tayanib xabar berdi.
Ispaniya sudi Messi 252 ming yevro jarima to‘lagan taqdirida qamoq jazosidan omon qolishini ma’lum qilgan. Shuningdek, futbolchining otasi alohida 180 ming yevro to‘lashga majbur.
Har ikki shaxs 2016-yil sudga tortilgan bo‘lib, 2007, 2008 va 2009-yilgi mavsumlarda umumiy hisobda 4,1 million yevro soliqdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangandi. Bunda argentinalik futbolchi o‘zi imidji ortidan qilgan daromadi haqida gap boradi.
Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, 2 yilgacha bo‘lgan har qanday jazo sinov muddati davomida jarima to‘lash evaziga yumshatilishi va qamoqdan omonda saqlash imkoniyatini berishi mumkin.