Xitoyning Xunan provinsiyasi Ninsyan okrugida toshqinlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mintaqaga 22-iyundan boshlab yopirilgan kuchli jala oxirgi 60 yil mobaynidagi eng yirik tabiiy ofatni keltirib chiqardi.
Rasmiylarga ko‘ra, buning oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Okrugning 815 ming fuqarosi yoki aholisining 56 foizi toshqinlar oqibatida moddiy zarar ko‘rdi.