AQSh Davlat departamenti xodimlari mamlakat prezidenti Donald Tramp uchun 7–8-iyul kuni G20 sammiti o‘tadigan Gamburg shahrida mehmonxona buyurtma qilishga ulgurmadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tramp ma’muriyat vakillari bilan birga Four Seasons mehmonxonasida qolmoqchi edi, ammo u yer Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan band qilib bo‘lingani aniqlandi. U paytga kelib AQSh prezidenti to‘xtashi mumkin bo‘lgan lyuks toifadagi barcha mehmonxonalar band qilib bo‘lingan edi.
Mishmishlarga qaraganda, Tramp Berlindagi mehmonxonalardan birida qolishi va Gamburgga vertolyotda borishi lozim edi. Lekin prezident oxir-oqibat Gamburg hokimiyati mehmonlar uyida joylashdi. U yerda politsiya navbati qorovullik qilmoqda.
Izoh (0)