OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putinga benihoya o‘xshash ekanligini bir necha yillar avval payqagan xitoylik fermer Lo Yuanpin hayotidan nolidi. 54 yoshli erkakka ko‘ra, dunyo yetakchisining qiyofasi har doim ham hayotdagi muvaffaqiyat belgisini anglatmaydi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Lo Yuanpin bir necha bor tok-shoular mehmoni sifatida teleekranda paydo bo‘ldi, matbuot nashrlariga taklif etildi. Biroq hayotida hech qanday o‘zgarishlar yuz bermadi.
Fermerning aytishicha, Putinga o‘xshash qiyofa unga shuhrat, na boylik, na shaxsiy hayotda baxt keltirdi. U o‘ziga turmush o‘rtog‘i topishdan ham deyarli umidini uzib qo‘ydi: Lo Yuanpin puli kamligi tufayli hatto uylanishga ham qurbi yetmaydi.