Toshkentning “Paxtakor” klubi 11-iyul kuni matbuot anjumani o‘tkazadi va jamoa safiga kelgan to‘rt nafar yangi futbolchini tanishtiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shota Arveladze qo‘li ostida ikkinchi davra “Nasaf” darvozaboni Eldor Suyunov hamda himoyachisi Sherzod A’zamov ko‘rinish beradi. Shuningdek, klub isroillik yarim himoyachi Gidi Kanyuk hamda braziliyalik hujumchi Tiago Bezerra bilan shartnoma imzolagan.
Matbuot anjumanida bosh murabbiy Shota Arveladzening o‘zi ham ishtirok etadi. Bunga qadar klub chernogoriyalik himoyachi Marko Simichni rasman tanishtirgandi.