AQSh prezidenti ma’muriyati Suriya bo‘yicha yangi rejani tayyorladi. Bu haqda Oq uy va Kongressdagi manbalariga tayanib, The Daily Beast portali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Reja Oq uy Bashar Asad Suriya prezidenti lavozimida qolishiga roziligini ko‘zda tutadi. Shunindek, unda Suriyada xavfsizlik zonalari yaratilishi va mamlakat hududlari Rossiya harbiylari tomonidan patrullanishiga rozilik haqida so‘z boradi.
Yangi strategiyaning asosiy maqsadi IShIDni uzil-kesil yo‘q qilish va unga hududlarni qaytarib olish uchun imkoniyat qoldirmaslik. Biroq AQSh IShIDdan tortib olingan hududlar nazoratini Suriya rasmiylariga emas, o‘zlari qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifatga topshirishni mo‘ljallamoqda.
Mazkur reja Gamburgdagi G20 sammiti doirasidagi AQSh va Rossiya tomonlari uchrashuvida taqdim etilishi kutilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.