Meksikaning Gerrero shtatidagi qamoqxonalardan birida o‘zaro qarama-qarshi jinoiy guruhlar vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 28 nafar mahbus halok bo‘ldi. Bu haqda shtat xavfsizlik xizmati vakili Roberto Alvares ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Roberto Alvaresga ko‘ra, yana 3 nafar mahbus jarohat oldi. Shtat gubernatori yuz bergan hodisani tekshirishga ko‘rsatma berdi.