O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5-iyuldagi qarori bilan axborot resurslari ishlab chiqaruvchilarining ICTWEEK Uzbekistan haftaligida ishtirok etishiga turtki bo‘ladigan yangi tartib belgilandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Davlat organlariga istisno tartibida haftalik doirasida AKT sohasidagi mahalliy kompaniyalar — haftalik ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi. Shartnomalar axborot tizimlari, resurslari yaratish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqish, tasarruf qilishni qamrab oladi. Ushbu shartnomalarni tuzish uchun tender sotuvlarini o‘tkazish talab etilmaydi.
Qaror AKT bozorini rivojlantirishga qaratilgan.
ICTWEEK Uzbekistan va haftalik bilan bog‘liq tadbirlar 18–22-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” hududida o‘tkaziladi.