2014-yil avgustidan 2017-yil mayiga qadar AQSh aviatsiyasining Suriya va Iroqda o‘tkazgan operatsiyalari davomida 145 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya shtabi tomonidan matbuotga berilgan bayonotda aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shu davr mobaynida tinch fuqarolar orasidagi taxminiy qurbonlar soni 727 kishini tashkil etadi. Tinch fuqarolarning halokati haqidagi tasdiqlangan holatlar soni — 145 kishi”, — deyiladi bayonotda.
Umuman olganda, Inherent Resolve operatsiyasi boshlanganidan buyon tinch fuqarolar orasidagi qurbonlar soni 603 kishini tashkil etadi.
Bundan tashqari, yana 180 qurbon haqidagi ma’lumotlar o‘rganilmoqda.