Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Taye Yong oldindagi rejalari borasida kichik intervyu berdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Mutaxassisning qayd etishicha, uning qarashlari avvalgi murabbiy Uli Shtilikenikidan farq qiladi. Bunda Taye Yong o‘z uslubiga mos keladigan futbolchilar bilangina ishlashni ma’qul ko‘radi.
Agar futbolchi mening uslubimga mos kelsa, u jamoa safida yetarli darajada o‘ynamagan bo‘lsa ham taklif qilaveraman. Shtilike bilan oramizda farq bor. Men futbolchilarni o‘yin uslubimga mos kelish yoki kelmasligiga qarab tanlayman.Sobiq futbolchi Jahon chempionati karyerasi davomida unga armon bo‘lib kelgani haqida aytdi. U endi mundialga murabbiy sifatida tashrif buyurishni niyat qilgan.Shin Taye Yong, Janubiy Koreya termasi bosh murabbiyi
Futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok eta olmaganim mening armonimdir. Bu ishni endi murabbiy sifatida amalga oshirmoqchiman.JCh—2018 saralashidan O‘zbekiston terma jamoasidan 1 ochko ko‘proq jamg‘argan koreyaliklarni oldinda Eron va O‘zbekiston termalariga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. 31-avgust kuni forslar Seulda mehmon bo‘ladi. O‘zbekistonga qarshi bellashuv esa 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.Shin Taye Yong, Janubiy Koreya termasi bosh murabbiyi