Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Obod” hujumchisi Shohruz Norxonov bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
2016—2017-yilgi mavsumni “Obod” safida o‘tkazgan hujumchi 43 ta uchrashuvda 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, u o‘tgan mavsum jamoasi uchun 14 ta gol urib, “Obod” to‘purariga aylangandi.
Faoliyatini to‘xtatgan “Obod”ga tegishli barcha futbolchilar erkin agentga aylangan bo‘lib, ular Oliy liga klublari tomonidan saralab olinmoqda. Ikkinchi davra Oliy liga 15 ta klub bilan davom etadimi yoki yo‘q — aniq ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)