2009-yildan buyon Fransiyaning “Lion” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan va so‘nggi to‘rt mavsumda lionliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘la olgan Aleksandr Lyakazett faoliyatini Londonning “Arsenal” klubi safida davom ettiradi.
“To‘pchilar” matbuot xizmatining xabar berishicha, Lyakazett “Arsenal” bilan ko‘p yillik kelishuvga erishgan. Avvalroq uning transferi londonliklar uchun 56 million yevroga tushishi aytilayotgandi.
26 yoshli hujumchi “Lion”ning so‘nggi mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Arsen Venger uning foydasi “Arsenal”ga tegishiga katta umid bildirgan.
Lyakazett “Arsenal”ning Sidneyga safarida ishtirok etishi kutilmoqda. Uning “Emireyts” stadionidagi birinchi uchrashuvi 29 yoki 30-iyul sanasiga to‘g‘ri kelishi katta ehtimol. Mana shu kunlarda “Arsenal” Emirates Cup turnirida ishtirok etadi.