Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi o‘tkazilgan sinov paytida yo‘lovchilar yukxonaga joylashga uringan eng g‘alati narsalar haqida bilib oldi. Bu haqda The Independent gazetasi yozmoqda.
Jumladan, Nyu-Yorkdan Londonga uchayotgan bir yo‘lovchi samolyotda plyonkaga uralgan sigir tanasini olib o‘tishga urindi. Britaniya poytaxtidan Yoxannesburgga (JAR) uchayotgan yana bir yo‘lovchi esa yukxonaga vanna topshirishga urindi.
Dehlini tark etayotgan bir guruh turistlar yukxonaga to‘shakning bosh tomonini olib o‘tishga harakat qildi. Nihoyat, Las-Vegasdan uchib ketayotgan mijoz ovqat to‘la muzlatkichi bor reysga ro‘yxatdan o‘tish niyatini bildirdi.
Yukxonaga olib kirishga urinilgan boshqa g‘alati narsalar orasida avtomobil shinalari va bamperlari, shuningdek, suv to‘ldirilgan polietilen paketga solingan oltin baliqchalar bor.
Izoh (0)