Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Nasaf” ustidan zafar quchib, 1-davrani 7-o‘rinda yakunladi. Qarshi klubi esa peshqadam “Lokomotiv”dan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblangan Eldor Shomurodov chempionat doirasida gol ura olmay kelayotgan bo‘lib, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov hujumchini tanqid ostiga olgandi.
“Nasaf”ga qarshi bellashuvda Shomurodov gol urdi va g‘alaba goliga uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq hujumchi mavsum yakuniga qadar “Bunyodkor”da qolishi haqida aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, Sergey Lushchan boshqaruvida “Bunyodkor” chempionatning 8 ta o‘yinida maydonga tushib, 10 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. Mirjalol Qosimov esa 7 ta o‘yinda 11 ochko ishlab oldi. Ahamiyatli tomoni, “Bunyodkor”ning markaziy o‘yinlari Qosimov chekiga tushdi. Uning boshqaruvida klub dastlabki uch o‘rinda borayotgan klublardan maksimal — 9 ochko ishlab oldi.
Izoh (0)