Tojikiston mezbonlik qilayotgan CAFA Boys Tournament musobaqasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
Dushanbega Aleksandr Mochinov bilan jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirokni Qirg‘iziston ustidan 2:1 hisobida zafar quchish bilan boshlagandi. 2-turda Turkmaniston yirik — 6:2 hisobida taslim etildi.
Bellashuvning 41-daqiqasida turkmanistonlik futbolchilar maydonda bir kishi kam qoldi. Shundan keyin o‘tgan uch daqiqa ichida Mochinov jamoasi 2 ta gol urdi. Ikkinchi bo‘limda esa hisob yiriklashib ketdi.
Turnirni mezbon Tojikistonni 3:1 hisobida taslim qilish bilan boshlagan Afg‘oniston terma jamoasi, ikkinchi o‘yinida Qirg‘izistondan ham xuddi shu hisobda ustun keldi. Musobaqa g‘olibligi uchun katta ehtimol bilan O‘zbekiston va Afg‘oniston termalari raqobat hosil qiladi.
CAFA Boys Tournament Dushanbe, Tojikiston 4-iyul, seshanba
Izoh (0)