Pekin politsiyasi TEB (Transit Elevated Bus) tunnel avtobusi ishlab chiqaruvchilarini qo‘lga oldi. Huaying Kailai kompaniyasi asoschisi Bay Chjimin va yana 31 kishi avtobusni yaratish uchun noqonuniy pul to‘plashda gumonlanmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Avtobusning 2016-yil yozida namoyish etilgan yagona prototipi saqlashga olib ketilgan, 300 metrlik relslar esa yig‘ib olingan.
Bay Chjiminga qarshi 72 investor sudga shikoyat qilgan. U loyiha uchun 1,3 milliard dollar to‘plab, mablag‘ning katta qismini o‘zlashtirgani aytilmoqda.
Izoh (0)