Tencent Holdings kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi 17,5 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, Xitoy kompartiyasining bosma organi bo‘lmish “Jenmin Jibao” gazetasida ushbu kompaniya ishlab chiqargan Honour of Kings o‘yini bolalarga ziyon keltirishi haqida maqola chiqqan edi.Shundan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi keskin tushib ketdi. Kompaniyaning o‘zi ushbu o‘yinning o‘smirlarga sotilishiga cheklov joriy qilishga majbur bo‘ldi.
Maqolada ushbu o‘yin “zahar” va “narkotik” deb atalgan.
Xitoyda nihoyatda mashhur bo‘lgan ushbu o‘yinning bir necha yosh ishqibozlari o‘z joniga qasd qilgani bunday keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.