Gollandiyaning “Vitess” klubi sharafini himoya qilayotgan xitoylik Yuning Jang faoliyatining keyingi qismini Angliyaning “Vest Bromvich” klubi bilan bog‘ladi, deb xabar berdi “Championat.asia” nashri jamoa rasmiy saytiga tayanib.
Xitoy milliy terma jamoasining 20 yoshli hujumchisi bilan shartnoma 2020-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kelishuvga ko‘ra, Yuning Jang oldindagi ikki mavsumni ijara asosida Germaniyaning “Verder” klubi safida o‘tkazadi va shundan keyingina “Vest Bromvich” safiga qaytib keladi.
Ma’lumot uchun, “Vest Bromvich” xitoylik biznesmen Guochuan Laiga qarashli. Ayni vaqtda mazkur klub nomi bilan Xitoyda yangi futbol shaharchasi bunyod etilmoqda. Bunda Palm kompaniyasi va Xitoyning ikki kompaniyasi o‘zaro hamkorlik qiladi.
“Vest Bromvich”ning yangi a’zosi Yuning Jang o‘tgan yilning 11-oktabr kuni Toshkentga tashrif buyurib, JCh—2018 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi. Bellashuv o‘zbekistonliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan. Hujumchi 31-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida ham katta ehtimol bilan harakat qiladi.
Izoh (0)