Bugun — 4-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida birinchi davra bellashuvlariga rasman yakun yasab beriladi.
Chempionatda ishtirok etayotgan 14 ta klub 15 tadan uchrashuvda maydonga tushib ulgurgan bo‘lib, “Bunyodkor” va “Nasaf” ishtirokidagi 3-tur bellashuvi o‘tkazilmay qolib ketgandi. 19:00 da har ikki klub “Bunyodkor” stadionida saf tortadi.
Mirjalol Qosimov va Ro‘ziqul Berdiyev to‘qnashuvidan so‘ng “Nasaf”ning ikki futbolchisi klubni tark etadi, deb xabar berdi “Championat.asia” nashri. Bular: darvozabon Eldor Suyunov hamda klub sardori Sherzod A’zamov. Ikkinchi davrani katta ehtimol bilan mazkur futbolchilar Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlaydi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 3-tur. Qoldirilgan o‘yin 4-iyul, seshanba
“Bunyodkor” — “Nasaf”
Bugun, shuningdek, O‘zbekiston kubogining chorak finalidan joy olgan ikki uchrashuv o‘tkaziladi. “Lokomotiv” Buxoroda mehmon bo‘lsa, “Mash’al” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Bu “temiryo‘rchilar”larning “Buxoro” bilan dastlabki uchrashuvi bo‘ladi. “Mash’al” esa birinchi o‘yinni Samarqandda o‘tkazib, 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib kelgandi.
O‘zbekiston kubogi Chorak final 4-iyul, seshanba
“Buxoro” — “Lokomotiv”“Mash’al” — “Dinamo”Dastlabki uchrashuv: 1:0
“Championat.asia” Qarshi klubini tark etayotgan futbolchilar statistikasini taqdim etdi.Eldor Suyunov
“Nasaf”ga 2011-yilgi mavsumda kelib qo‘shilgan Eldor Suyunov “Nasaf” safida 118 uchrashuvda maydonga tushgan va 91 ta gol o‘tkazgan. 51 o‘yinni “quruq” seriyada yakunlay olgan. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning 87 tasi chempionat doirasida, 18 bellashuv O‘zbekiston kubogida, 1 marta OFK kubogi hamda 13 marta OChL musobaqasida edi.
Anatoliy Demyanenko qo‘li ostida darvozabon bir marta OFK kubogi o‘yinida maydonga tushishga ulgurgan. 2013-yildan boshlab asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. O‘tgan vaqt ichida darvozabon “Nasaf” bilan 4 marta bronza medalini, O‘zbekiston kubogi, OFK kubogi, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.Sherzod A’zamov
“Nasaf” sardori shu kunga qadar barcha musobaqalarda “ajdarlar” sharafini 149 uchrashuvda himoya qildi. Bugun u “Bunyodkor”ga qarshi yubiley o‘yinida ishtirok etadi. A’zamov “Nasaf” uchun 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Salkam 8 yillik faoliyati davomida himoyachi “Nasaf” bilan chempionatning kumush medaliga, 6 marta bronza medaliga, OFK kubogi, O‘zbekiston kubogi hamda O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi.
Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanaladi.
Izoh (0)