Avstriya Italiya chegarasiga zirhli texnika joylashtirdi va qo‘shimcha ravishda 750 nafar harbiy xizmatchi yo‘llaydi. Ular muhojirlar oqimini to‘xtatish bilan shug‘ullanadi, deb xabar beradi The Telegraph.
Mudofaa vazirligida qayd qilinishicha, zarur bo‘lganda Brenner dovoniga yetib borish uchun 72 soat talab qilinadi.
“Umid qilamanki, tez vaqt ichida chegara nazorati kuchaytiriladi”, — dedi Avstoriya mudofaa vaziri Peter Doskozil.
Vazir qo‘shinlar joylashtirilishining aniq vaqtini keltirmadi.
Izoh (0)