“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida xitoylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipov tizimdagi korxona va tashkilotlarga 2023-yilgacha qator imtiyozlar berilgani, xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti ta’minlanayotganini ta’kidladi. Zero, pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi. Davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.“O‘zbekistonga investitsiya kiritish biz uchun juda qulay, — dedi ‘Sing’ ipak va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasi direktori Chen Yu Mi. — Mamlakatingizda sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Biz yaqindan hamkorlik qilishga, zamonaviy bo‘yash texnologiyalarini kiritishga tayyormiz”.
“Biz tut plantatsiyalari yaratish bilan shug‘ullanamiz, — dedi ‘Sin Fu’ kompaniyasi bosh direktori Su Ping Xua. — O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi tizim korxonalari faoliyati bilan batafsil tanishdik. Sharoitlar bizga ma’qul keldi. Kuzda yurtingiz iqlim sharoitiga mos keladigan uch turdagi tut ko‘chatlaridan 10 million dona yetkazib berishga kelishib oldik”.
Izoh (0)