Ukrainalik siyosatchi, mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Gritsenko Rossiya hududida teraktlar uyushtirishga chaqirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Xususan, u Kiyev va Mariupoldagi mashinalar portlatilishiga Taganrog va Moskvada portlashlar uyushtirib javob berishni taklif qildi.
“Bu urush. Eng yaxshi ukrain zobitlari birinchi marta o‘ldirilishi emas. Mariupolda eng yaxshi kontrrazvedka zobitlaridan biri namoyishkorona o‘ldirildi. Bu prezident uchun o‘yinlar emas, balki chinakam urush bo‘lsa, unda Kiyev va Mariupolda portlagan har bir mashina uchun Taganrog va Moskvada ikkitadan mashina havoga uchirilishi kerak”, — ta’kidladi sobiq vazir.