Moskva meriyasi renovatsiya loyihasi doirasida ko‘p miqdordagi qurilish maydonlarini sotib olish hamda eski binolarda yashovchi aholini yangi qurilgan xonadonlarga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar olib borilayotgan ko‘plab developerlar orasida taniqli milliarder Alisher Usmonovning o‘gay o‘g‘li ham bor, deb xabar bermoqda “Vedomosti.ru”.
Aytilishicha, katta qurilish maydonchasi Moskva meriyasiga renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun kerak. Ammo bu hududda qurilish olib borayotgan kompaniya — “MTFPA” o‘z aksiyadori bo‘lmish “Absolyut bank” manfaatlari uchun faoliyat olib boradi.
Turli kompaniyalar va aksiyadorlar orqali mazkur loyihaning 49 foizi “Rodina stroy grupp” firmasiga borib taqaladi. Bub firma Anton Vinerga tegishli. Anton Viner Alisher Usmonovning rafiqasi bo‘lmish Irina Vinerning o‘g‘lidir.
Viner firmaning haminvestorlaridan biri bo‘lib, unga uchta loyiha tegishlidir.
Aytilishicha, Moskva ma’muriyati aynan mana hududdagi maydonchalar bo‘yicha muzokaralarda qiyinchilikka uchramoqda.
Izoh (0)