G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubida yangi muammo paydo bo‘ldi. Jamoa yaqin orada bundan chiqib keta olmasa kerak, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
2017-yilgi mavsumning birinchi davrasi yakunlangach, “Sho‘rtan” bosh murabbiy Ixtiyor Karimovni iste’foga chiqargandi. Turnir jadvalida egallab turilgan 14-o‘rin rahbariyatga ma’qul kelmagan.
Iste’fodan keyin jurnalist Firdavsxon klubdagi muammolar borasida endilikdagi sobiq murabbiy Ixtiyor Karimov bilan suhbatlashdi va bir qator kutilmagan yangiliklarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumot berilishicha, Ixtiyor Karimovning yordamchilari hisoblangan Komil Jo‘rayev hamda Botir Qodirqulov ham ishdan ketgan. Bularning barchasi klubga Kamoliddin Rahimov rahbar etib tayinlangach amalga oshgan. Ixtiyor Karimovning o‘zi ayni paytda “Sho‘rtan” texnik direktori lavozimida ishlab turadi.
Ixtiyor Karimov boshqaruvida “Sho‘rtan” Toshkentning to‘rt klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday natija hozircha hech kimga nasib qilganicha yo‘q: “Lokomotiv” 2:0, “Paxtakor” 3:0, “Bunyodkor” 1:0, “Obod” 2:0.
Klubda o‘ziga yarasha muammolar bor. Urosh Miloslavlevich bilan bog‘liq vaziyatdan keyin endi boshqa muammo bo‘lmaydimi deb so‘ragandingiz. Bilasizmi, endi Igor Kriushenko bilan bog‘liq navbatdagi muammo chiqdi. Kuni kecha FIFA yana xat yozdi. Endi “Sho‘rtan” Krishuyenko va uning yordamchisiga pul to‘lab berishi kerak. 2011—2012-yillarda oxiri o‘ylanmasdan tuzilgan katta shartnomalar, imkoniyatdan kelib chiqmay, o‘ziga berilgan ortiqcha baho oqibatida oradan shuncha yil o‘tib, endi boshqa murabbiy va futbolchilar jabr ko‘ryapti.Ixtiyor Karimov, “Sho‘rtan” texnik direktori
Bunda Karimov qarzdorlik summasini yashirib o‘tirmagan va barchasini ochiq-oydin aytib o‘tgan.
Sizga yolg‘on gapirishni istamayman. Kriushenkodan qarzdorlik adashmasam 95 ming dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, o‘sha paytda “Sho‘rtan”da darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan mutaxassisga yana 26 ming dollardan ziyod pul to‘lash kerak. Klub qarzini to‘lamay yuraversa, foiz hisobida ular penya tug‘ib boraveradi. Natijada klub borgan sari qiynalaveradi.Ma’lumot uchun, FIFA “Sho‘rtan” 2018-yilgi O‘zbekiston quyi ligasida o‘tkazishi borasida qaror chiqargan va buning ijrosini O‘FFga ishonib topshirgan. Urosh Miloslavlevichga jami 59 ming dollar to‘lab berilgach, futbolchi FIFAga G‘uzor klubidan arzi yo‘qligini ma’lum qilishi va FIFA shundagina o‘z qaroridan kechishi mumkin. Ixtiyor Karimovning aytishicha, hozir klub kelajagi mavhumligicha qolmoqda.Ixtiyor Karimov, “Sho‘rtan” texnik direktori
Izoh (0)