InsiderPro nashri yozuvchi va mashhur minimalist Joshua Bekerning ortiqcha narsalardan voz kechishga qaror qilish orqali nimalarni qo‘lga kiritish mumkinligi haqidagi fikrlarini taqdim etadi.
Bir necha yil avval har kuni aynan bir xil kiyim — to‘q kulrang futbolka va mosh rang shim kiya boshladim. Dastlab buni bir haftalik tajriba sifatida sinab ko‘rmoqchi va bunga odamlar nima deyishini bilmoqchi bo‘ldim.
Har kuni ulardan biri va nihoyat: “Yetar, Joshua! Nega yana shu kiyimdasan?” deyishini kutdim. Balki menga aytishmasa ham, ichlarida shunday o‘ylashi aniq.
Ijtimoiy me’yorlar va odatlar xaridlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Brendlar assortimentini doimiy yangilab turish uchun mavsumiy kiyimlar kolleksiyasi va aksessuarlarni faol taklif qiladi. Bugun kirgan do‘koningiz bir haftadan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketadi. Garderobingiz ham aynan shu tarzda har oy, mavsum, yil o‘zgarib borishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda qabul qilingan me’yorlar tufayli barcha menga boshqacha qarayotgandek va muhokama qilayotgandek tuyuldi.
Biroq tajribamning bir haftasi mobaynida hech kim hech qanday fikr bildirmadi.
Va bu jimlik meni ozod qildi.
Haqiqatda ko‘pchilik o‘z tashqi ko‘rinishi haqida shunchalik ko‘p o‘ylanadiki, sizning kamchiliklaringizni payqashga vaqt topmaydi — psixologlar “projektor effekti” deb atovchi holatga yorqin misol.
Bu ijtimoiy me’yorlarni buzish orqali siz majburiy qarashlardan xalos bo‘lasiz.
Agar garderobingizni tozalash, universal kiyim tanlashga qaror qilgan bo‘lsangiz yoki kamroq kiyim kiyish haqida o‘ylab, biroq ikkilanayotgan bo‘lsangiz, quyida tajribamga ergashish uchun beshta sabab keltirib o‘taman:
- Qarorlar qabul qilishda yengillik
- Shaxsiy qiyofa
- Ortiqcha hech narsa
- Sifatga urg‘u berish
Yangi kiyim olish uchun yo‘l olganingizda, ularni bir necha yildan keyin shkafingizda tasavvur qiling. Ular o‘shanda ham sizga ma’qul keladimi? Moda ketidan quvish qiyin, buning ortidan kasodga uchrash ham mumkin. Buning o‘rniga bir necha yil xizmat qilishi mumkin bo‘lgan sifatli mahsulotlarga urg‘u bering.
- Kamroq kir yuvish va ko‘proq bo‘sh vaqt
Ko‘pchilik mashhur va muvaffaqiyatli kishilar shkafida juda kam narsa saqlaydi — buning jiddiy sabablari bor. Bu borada eng mashhur shaxs Stiv Jobs bo‘lsa kerak. Taqdimot, konferensiya va boshqa tadbirlarda u doim qora vodolazka, ko‘k djinsi va aylana ko‘zoynaklarda paydo bo‘lar edi. U bir xil kiyim kiyganligi uchun muvaffaqiyatga erishmagan albatta, biroq bu orqali juda band odamning muammolari bittaga kamaygan.
Bir xil kiyimni har kuni kiyish orqali siz uchun nima muhim ekanligini anglab yetasiz. Va bu kiyim bo‘lib chiqmaydi.
Izoh (0)