Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning bir qator kasb-hunar kolleji va akademik litseyida 9-sinf bitiruvchilaridan hujjat qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda, o‘rta maxsus ixtisoslashgan ta’lim markaziga tayanib, Uz24 xabar bermoqda.

Foto: Uz24

Foto: Uz24

Aytilishicha, bunday holat Buxoro, Farg‘ona, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida aniqlangan. Ta’kidlanishicha, hali vazirlikdan tegishli buyruq kelmagani bois ko‘rsatilgan hududlardagi ayrim kollej va litseylar hujjat qabul qilmay turibdi. Samarqand, Qarshi va Nukusning alohida kollejlarida bitiruvchilardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.

O‘rta maxsus ixtisoslashgan ta’lim markazi vakilining so‘zlariga qaraganda, har yili hujjat qabul qilish jarayoni 20–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan. Bu yili 9-sinf bitiruvchilari ota-onalari o‘rtasida ta’limni 11 yillikka qaytarish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov yakunlari noma’lumligi bois ba’zi o‘rta maxsus ta’lim dargohlari hujjat qabul qilish jarayonini kechiktirib turibdi.

“Qonun bo‘yicha, attestatlar maktab o‘quvchilarining qo‘liga topshirilmaydi, ular maktabda saqlanadi. Maktablarda 10–11 sinflar ochilishi bo‘yicha so‘rov natijalari ma’lum bo‘lishi bilan hujjat qabul qilish boshlanadi”, — qo‘shimcha qildi markaz vakili.

O‘z navbatida, xalq ta’limi vazirligi vakili o‘rta maxsus ta’lim dargohida o‘qishni istagan bitiruvchi maktabga kelib, o‘qituvchisi bilan birga tanlangan kollej yoki litseyga hujjat topshirishi mumkin, hujjat topshirish jarayoni esa uzaytirib beriladi.

“Hozir biz ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini tahlildan o‘tkazmoqdamiz. Natijalar hisob-kitobidan so‘ng maktablarda 10–11 sinflar ochilishi masalasi oydinlashadi”, — qo‘shimcha qildi vazirlik matbuot xizmati.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi