Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Afrin mintaqasida Kurdiston ishchi partiyasi va “Suriya xalq mudofaasi kuchlari”ga qarshi yer usti operatsiyasiga tayyorgarlikni yakunladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kurd tashkilotlariga hujum tayyorlanayotganining sababi, Anqaraning tushuntirishicha, oxirgi ikki yilda ular Turkiya marralariga qarata 17 marta o‘t ochgani sabab.
Oxirgi 12 kun ichida Turkiya operatsiya yuzasidan to‘qqiz marta Rossiya bilan maslahatlashdi. Aniqlanishicha, harbiy harakatlarning boshlanishi arafasida Rossiya ushbu mintaqadan o‘z harbiy kuchlarini olib chiqib ketadi.