Toshkentning Navoiy ko‘chasida joylashgan Grand Mobile Set elektr texnika do‘koniga noma’lum shaxs kirib, u yerdan umumiy qiymati 40 million so‘mga teng 33 ta mobil telefonini o‘g‘irlab chiqib ketdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shayxontohur tumani IIB ma’lumotiga ko‘ra, o‘g‘ri kuzatuv kamerasiga tushmagan, negaki o‘sha payti kamera ishlamayotgan edi.
Tergov tadbirlar doirasida sud-trasologik ekspertizasi o‘tkazilgan, qulfdan barmoq izlari olingan. Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)