Eron hukumati AQSh oliy sudi prezident Donald Trampning musulmon davlatlaridan muhojirlarni qabul qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunini ma’qullagani haqidagi xabarlarga keskin javob qaytardi. Eron nuqtai nazarini TIV vakili Bahrom Qosimiy bayon qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh sudining nuqtai nazari irqchilikdan boshqa narsa emas.
“Vashington AQShdagi teraktlarning ijrochilari kim ekanligiga ko‘z yummoqda”, — dedi Qosimiy, Saudiya Arabistoniga ishora qilib.
Uning fikricha, qaror Eronga nisbatan adolatsizdir, negaki ushbu qonunga ko‘ra fuqarolari AQShga kirishi cheklanadigan davlatlar orasida Eron ham bor.
Ilgariroq Tramp oliy sudning qarorini “sof g‘alaba” deb atagan edi.
Izoh (0)