Qozog‘iston bayrog‘i ostida ringga chiqqan sportchilar orasida Olimpiadaning ilk chempioni, professional boksning IBF yo‘nalishidagi birinchi og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni Vasiliy Jirov “Nur-Astana” masjidida islom dinini qabul qildi, deb yozdi “Kazinform”.
“Balxash yo‘lbarsi” laqabi bilan muxlislar orasida mashhur bo‘lgan qozog‘istonlik boks afsonasi bu ishga Ramazon hayiti kunida qo‘l urdi, deb ma’lumot berdi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Profi boks Kazaxstana” guruhi. Bu haqda masjidga qarashli “Hazrat Sulton” saytida ham ma’lumot tarqatilgan.
Instagram tarmog‘ida rustam_abdussalamov niki bilan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining yozib qoldirishicha, hayit bayrami o‘zgacha ruhda o‘tgan. “Hammasi xuddi odatdagidek edi. Soat 5 da uyg‘onib, hayit namozini ado etish uchun masjidga yo‘l oldik. Bu safar menga Vasya Jirov hamrohlik qildi va bitta safda ibodat qildi. Bu uning hayotidagi birinchi namoz bo‘ldi. Namozning poytaxtdagi bosh masjidda o‘qilgani kunni yanada fayzli qildi”, deb yozgan Instagram foydalanuvchisi.
Izoh (0)