Guliston shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi uyda yolg‘iz qolib, xonadonni ichkaridan qulflab olgan o‘n yoshli qizga yordam berdi. Bu haqda FVV sayti orqali ma’lum qilindi.
23-iyun kuni soat 23:42 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor navbatchisiga R. Atabekov qo‘ng‘iroq qilib, Guliston shahar 4-mavze, 27-uy, 23-xonadonda istiqomat qiluvchi o‘n yosh qizi Dilnura uyni ichidan qulflab, o‘zi uxlab qolganligi, eshikni ochmayotganligi oqibatida ota-onasi sarosimaga tushib qolganliklari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mazkur holat yuzasidan qutqaruv otryadi navbatchi smenasi tomonidan tezkorlik bilan fuqaroning xonadon eshigi maxsus asbob-anjomlar yordamida ochib berildi.