Shotlandiya hukumat rahbari Nikola Sterjen mustaqillik bo‘yicha referendum 2018-yil kuziga qoldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shuningdek, Sterjen xonim Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi tugaganidan so‘ng referendum tashkil etilishini aniqlashtirib o‘tdi.
Ayni paytda esa u Shotlandiya hukumati butun e’tiborini Yevroittifoqdan chiqish jarayoni yumshoqroq o‘tishini ta’minlashga qaratishi lozim deb hisoblaydi.
Ilgariroq Sterjen referendum Brexit’ning yakuniy bosqichida, uzil-kesil kelishuv imzolanishidan oldin o‘tkazilishini bildirgan edi.