NASA agentligi OAVda tarqalgan Yerdan tashqaridan topilgan tiriklik shakllari haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘tgan haftada Anonymous xakerlik guruhi shunday xabarni tarqatgan edi. Xabar OAVda ko‘p marotaba takrorlanganidan so‘ng NASA ilmiy dasturlar rahbari Tomas Zarbachen ularni inkor qildi.
“Ayrim xabarlarga ters ravishda NASA Yerdan tashqaridagi tiriklik shakllari haqida e’lon berishni rejalashtirmayapti” — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
“Biz koinotda yolg‘izmizmi? Hozircha bilmaymiz, lekin javob topib bera oladigan missiyalar tayyorlamoqdamiz”, — qo‘shimcha qildi Zarbachen.
Izoh (0)