2030-yilga kelib rivojlanayotgan mamlakatlardagi erta nikohlar oqibatida jahon iqtisodiyoti trillionlab dollar zarar ko‘rishi mumkin. Bu haqda Jahon banki va Ayollar muammolari bo‘yicha tadqiqotlar xalqaro fondi (ICRW) xabar qildi, deb ma’lum qiladi “Gazeta.ru”.
Hisobotda aytilishicha, bunday amaliyotning cheklanishi ayollarning ta’lim olishi va davlat to‘plashi, shuningdek, sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, oilalarning daromadlari va sog‘liq darajasini oshiradi.
Ikki tashkilot tomonidan o‘rganilgan 25 mamlakatda ayollarning uchdan bir qismi 18 yoshgacha turmush quradi, 20 foizi esa 18 yoshgacha farzandli bo‘ladi.
“Erta nikohlar qashshoqlikka chek qo‘yishga, iqtisodiy o‘sish va tenglikni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda” — ta’kidladi hisobot mualliflaridan biri Kventin Uodon.