Moskvada Hayit namozini o‘qish uchun 250 ming musulmon to‘plandi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, shahar jome masjidida bir necha mingdan o‘n minggacha musulmon to‘plandi.
Rossiya muftiylar kengashi rahbari Ravil G‘aynutdin musulmonlarni tabrikladi.
Shayx to‘planganlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tabrigini o‘qib eshittirdi. O‘z tabrigida davlat rahbari musulmonlarning Rossiya jamoat hayotidagi faol ishtirokini e’tirof etdi.
“Rossiya musulmonlari ajdodlarning boy ma’naviy va tarixiy merosiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, otalari va bobolarining pandlariga ehtirom bilan rioya etishi, ular bilan yosh avlodni tanishtirayotgani quvonarli”, — deyiladi tabrik matnida.
Bundan tashqari, hukumat rahbari Dmitriy Medvedev, poytaxt meri Sergey Sobyanin musulmonlarga o‘z tabriklarini yo‘lladi.