BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xitoyga Sichuan provinsiyasida ro‘y bergan ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishni taklif qildi. Bu haqda BMT saytida chop etilgan tegishli bayonotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Bosh kotib milliy qutqaruv-qidiruv brigadalarining sa’y-harakatlarini olqishlaydi. BMT Xitoyga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor”, — deyiladi bayonotda.
Ayni paytda ko‘chki oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Yana 118 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Voqea joyida 3 ming qutqaruvchi ishlamoqda.
Izoh (0)