AQSh prezidenti Donald Trampning birinchi rafiqasi, asli chexiyalik Ivana Tramp AQShning Chexiyadagi elchisi lavozimini egallashdan voz kechdi. Bu haqda, Chexiya yetakchisi Milosh Zemanga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ivana Tramp sobiq turmush o‘rtog‘i AQSh prezidentligiga saylanganidan so‘ng Chexiyadagi elchilik maqomini egallash yo‘lida faol harakat qila boshlagan edi. Bunda u Chexiya bosh vaziri Milosh Zeman tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan edi. Ammo u yaqinda bu fikridan qaytganini e’lon qildi.
“Mening g‘azabim qo‘zib ketdi”, — dedi Zeman Lidove Noviny nashriga bergan intervyusida.
Zeman Ivana Trampni “o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakatga nisbatan mas’uliyatdan qo‘rqoqlarcha qochish”da aybladi.
Izoh (0)