Pokiston shimoli-g‘arbida amalga oshirilgan ikki portlash qurbonlari soni 25 kishini tashkil qildi. Bu haqda Geo TV’ga tayangan holda “RIA Novosti” yozmoqda.
Portlashlar Parachinar shahrining savdo qismida amalga oshirildi. U yerda mahalliy aholi Ramazon oyining tugashi munosabati bilan do‘konlarda to‘plangan edi.
Shuningdek, 70 kishi jarohatlangani bildirilmoqda.
23-iyun, juma kuni Pokistonda ikkinchi terakt uyushtirilishi. Bir muddat ilgari Kvetta shahrida, Belujiston viloyati politsiyasi boshlig‘ining ofisi yaqinida portlash amalga oshirilgani xabar qilingan edi. Uning oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.