Yunusobod tumanida o‘zlarini sanepidstansiya xodimlari deb tanishtirib, odamlarni dezinfeksiya vositalari sotib olishga majbur qilgan uch nafar qallob ayol qo‘lga olindi. Bu haqda payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda o‘tkazilgan brifingda xabar qilindi, deb xabar beradi UzNews.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, Mo‘minova Sitora, Dadajonova Muattar va Shamirova Zafira dezinfeksiya o‘tkazish taklifi bilan fuqaro Ismatovaning ishonchiga kirib, uni 160000 so‘m evaziga “Bio-Xloraktiv” (“xlorka”) moddasini sotib olishga majbur qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)