Buyuk Britaniya shahzodasi Garri NewsWeek jurnaliga bergan intervyusida qirollik oilasining hech bir vakili monarx bo‘lishni istamasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Jurnalistning oilada monarx bo‘lishni istovchi shaxslar bor-yo‘qligi haqidagi savoliga javob berarkan, shahzoda “yo‘q, ammo biz kerakli vaqtda o‘z majburiyatlarimizni bajaramiz” deya ta’kidladi.
“Garri mamlakatdagi eng oliy mansabni egallashga qiziqishi yo‘qligini hech qachon yashirmagan, endi u otasining, shahzoda Charlzning va ukasi, shahzoda Uilyamning ham bunday xohishi yo‘qligini bildirdi”, — deyiladi materialda.
Izoh (0)