Fransiya g‘arbidagi Nant shahrida olti nafar avtobus haydovchilari ish payti shortlar kiyish taqiqlanganiga norozilik bildirish maqsadida ishga yubkalarda keldi. Bu haqda FranceBleu nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan aksiya avtobus haydovchi erkaklar yoz payti duch keladigan muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratish edi. Nant jamoat transporti ishini ta’minlab beruvchi Semitan kompaniyasi xodimlari bo‘lmish haydovchilar ularga havo harorati 30 darajadan oshganida shortlarda ishlashga ruxsat berilishini talab qilmoqda.
“Bizning avtobuslarimizda konditsioner yo‘q, bunga chidab bo‘lmaydi. Bu diskriminatsiya. Ayol haydovchilar yubkalarda ishlashi mumkin, bizga esa short kiyish mumkin emas”, — deb vaziyatni tushuntirdi aksiya ishtirokchilaridan biri Gabriel Manyer.
Izoh (0)